Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

13 yoshli bola: "O‘zimizni ko‘chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman"

13 yoshli bola: "O‘zimizni ko‘chalarda bir yildan buyon avtomobil boshqaraman"

🛣 Jizzax viloyati, Zomin tumanida YPX xodimlari tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilganda, rul boshqaruvidan 13 yoshli, 7-sinfda o‘qiydigan bola tushib keldi. Avtomobil salonida ushbu bolaning ukasi va singlisi ham birga kelmoqda. YPX xodimi "Ota-onangizni xabari bormi avtomobil boshqarganingiz haqida?" - deb bergan savoliga bola - "Ha, xabarlari bor, o‘zimizni ko‘chada bir yildan beri boshqarib yuraman" - deya javob qaytargan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

‼️Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasini olmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini so‘raymiz.

Kiritildi: 22:14 10.09.2021. O'qildi: 4093 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!