Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

13 raqamining xosiyatsizligi payg‘ambarga borib taqaladimi?

13 raqamining xosiyatsizligi payg‘ambarga borib taqaladimi?

Shams Tabriziy rahimahulloh aytadilar: «Siz shuni tushunishingiz kerakki, yosh raqamning o‘zi, xolos. U sizning haqiqatingizni ifoda etmaydi. Siz oltmish yoshda ham go‘dak bo‘lishingiz yoki yigirma yoshdayoq keksa bo‘lishingiz mumkin».

Darhaqiqat, raqamlar bugungi kunimizda insonning taqdirini belgilab beradigandek ko‘rinadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n uch raqamini yoqtirmaslik birdaniga paydo bo‘lmagan. O‘rta asrlarda inglizlar uni deb atashgan. Sababi, o‘sha paytda xaridor haqidan urib qolgan savdogarlar qattiq jazoga tortilar, hatto qo‘li chopilardi. Bundan qo‘rqqan nonvoylar xaridorlarni kattaroq miqdorda savdo qilishga rag‘batlantirish maqsadida, bir dyujina mahsulot olgan mijozga bitta qo‘shib, o‘n uchga yetkazib berishardi.

O‘n to‘qqizinchi asrgacha 13 soni bilan aloqador qo‘rquv faqat bitta sohada bo‘lgan. Yevropaliklar dasturxon atrofida o‘n uch kishi bo‘lib o‘tirishdan saqlanishgan. Agar shunday bo‘lib qolsa, ulardan biri keyingi yil davomida vafot etadi, deb hisoblashgan. Bu irimning yuzaga kelishiga esa Iso masih o‘z umrining oxirgi oqshomida o‘n ikki nafar havoriysi bilan bir dasturxon atrofida ovqatlanishgani, ertasiga Isoning xochga mixlanishi haqidagi to‘qima rivoyatni sabab qilib olishgan. Ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarida, masalan Fransiyada buning uchun maxsus agentlik ham ishlagan. Muayyan miqdordagi pul evaziga o‘n uch kishilik davraga “o‘n to‘rtinchi mehmon”ni yetkazib berishgan. O‘n to‘qqizinchi asrga kelib esa kishilar, qaysi sohada bo‘lmasin, o‘n uchdan qo‘rqa boshlashgan.

Aslida nasroniylikning o‘zi o‘n uchga hamisha baxtli son deya qaragan, chunki u Iso va havoriylarini ramziy aks ettirgan, aslo ularning so‘nggi oqshomda birga ovqatlanishlarini emas. Hozirda ham cherkov bu sondan qo‘rqishni gunoh deya ta’kidlaydi, lekin odamlar haqiqatdan ko‘ra xurofotga ko‘proq moyil bo‘lishlari sabab bu irim “bolalab” ketgan...

Qanchalar g‘alati bo‘lmasin, Farbda bu irimga bugun ham ko‘pchilik qattiq ishonadi. Shu sababli ayrim ko‘pqavatli binolarda 13-qavat yo‘q: yo 12 dan keyin 14-qavat keladi, yoki 12 A va 12 B qavatlar bo‘ladi, ba’zilarida 13-qavat shunchaki “+1” deya belgilanadi. Bu holat uy raqamlariga, teatrlardagi o‘rindiqlar qatorlariga, kema kayutalariga, samolyotdagi qatorlarga ham tegishli. “Formula–1” avtopoygalarida ham 12-raqamli mashinadan keyin 14-raqamlisi keladi.

“Apollon–13” fazo kemasining halokatini ham ko‘pchilik uning tartib raqamiga aloqador, deb biladi. U 1970 yil 11 aprelda, sharqiy yozgi vaqtga ko‘ra 14:13 da parvoz majmuasidan uchirilgandi. Kema Oy orbitasiga aynan 13 aprel kuni chiqishi kerak edi.

Biroq, Sharqda: Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistonida, shuningdek, Italiyada o‘n uchdan umuman qo‘rqishmaydi. Mayya hindularida esa o‘n uch muqaddas va xosiyatli son. Gonkongda omad keltirishiga ishonib, telefon raqamlari va boshqa holatlarda shu sonni olishga intilishadi.

Bu ma’lumotlarni keltirishdan maqsad, o‘n uch sonidan qo‘rqadiganlarni qoralab, xosiyatli deb biladiganlarni yoqlash emas, aslo. Bularning hammasi irimdan, tasodifdan boshqa narsa emasligini, insonning boshiga keladigan ishlar, ayrimlar ishonganidek, buyumlar yoki sonlarga bog‘liq bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidlashni istadik.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:18 22.07.2019. O'qildi: 4086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!