Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

115 mln so‘m jinoiy zarar davlat foydasiga undirildi

115 mln so‘m jinoiy zarar davlat foydasiga undirildi

Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida  bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha 29.04.2020 yil kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2020 yil 27 apreldagi hukmi bilan sudlangan Z.Z.ga oid jinoyat ishi yuzasidan davlat foydasiga yetkazilgan 115 mln. so‘m zarar pul mablag‘larini soliq organlari orqali davlat byudjeti hisobiga undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ijro ish yurituviga 2020 yil 29 aprel kuni kelib tushgandi.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq  bo‘lim davlat ijrosi X.A.Mannopov shu kuni ijro ish yuritishni ko‘zg‘atish xaqida qaror qabul qilgan.

Masofadan turib olib borilgan ijro harakatlari davomida 19.05.2020 yilda qarzdorlik to‘liq qoplanib, Byuroning depozit hisob raqamidan Uchtepa davlat solik inspeksiya hisob raqamiga 2020 yil 19 may kuni  o‘tkazib berildi.

Kiritildi: 19:12 28.05.2020. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!