Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

11 ming dollarga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

11 ming dollarga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.G. 2018 yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:30 12.04.2019. O'qildi: 1967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!