Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

100dan ortiq musiqachi Afg‘onistonni tark etdi

100dan ortiq musiqachi Afg‘onistonni tark etdi

Afg‘oniston milliy musiqa institutiga aloqador yuzlab afg‘onlar Kobulni tark etdi. Bu haqda institut direktori Ahmad Sarmast ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Portugaliya hukumati musiqachilarga boshpana berishga rozi bo‘lgan.

101 kishidan iborat guruhning yarmini talabalar, Zohra ayollar orkestri qatnashchilari hamda bitiruvchilar, o‘qituvchilar va ayrim musiqachilarning qarindoshlari tashkil etadi.

Ular yakshanba kuni Qatarga uchib ketishgan.

Institut asoschisi va rahbari Ahmad Sarmast Portugaliyada talabalarning o‘qishini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda Afghan Dreamers robototexnik ayollar guruhi Meksikaga, ayollar futbol jamoasi esa Portugaliyaga uchib ketgandi.

Kiritildi: 17:27 05.10.2021. O'qildi: 2697 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!