Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

10-sinf o‘quvchilari test sinovlarida ishtirok eta oladimi?

A A A
10-sinf o‘quvchilari test sinovlarida ishtirok eta oladimi?

JAVOB: Yo‘q, qatnasholmaydi.

DTMning ma’lum qilishicha, amaldagi nizomga muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)ni taqdim etishlari lozim.

Shuningdek, my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlaridan biri orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak.

Maktabning 10-sinfida yoki akademik liseylarning 1-bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatmagan hisoblanadi.

Shu sababli ular OTMlarga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin emas va testda ham qatnasha olmaydi.

O‘tgan yili hali maktab va lisey/kollejda o‘qiyotganlar bazasi to‘liq bo‘lmpgani uchun DTM saytida 10-sinflar ham hujjat topshira oldi, hatto testga ham bemalol kirib chiqishdi. Lekin mabodo kimdir testda o‘tish balini to‘plagan bo‘lsa ham, ammo talabalikka qabul qilinmadi. Chunki ularda o‘rta ta’limni tasdiqlovchi shahodatnoma (diplom) yo‘q edi.

Joriy yil tegishli vazirliklar o‘z tasarrufidagi ta’lim muassasalari bazasini to‘liq qilib berishgan, deb umid qilamiz. Shunda ro‘yxatdan o‘tishda o‘rta ta’limni tugatmaganlarlar avtomat rad etiladi, ular ro‘yxatdan o‘ta olishmaydi.

Kiritildi: 11:50 24.05.2022. O'qildi: 4752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!