Bugun, 27 sentyabr kuni Xitoy Oliy xalq sudi o‘n nafar maktab o‘quvchisini o‘ldirgan shaxsga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshirishga buyruq berdi.
Sud 28 yoshli Chjao Szeveyga nisbatan o‘lim jazosini bundan avvalroq tayinlagan.
“Oliy xalq sudi buyrug‘iga binoan 27 sentyabr tongda Chjao Szeveyga nisabatan o‘lim jazosi amalga oshirildi”, deyiladi sud bildirgisida.
Chjao Szevey joriy yil 27 aprel kuni qasddan odam o‘ldirgandi. Qotillik Shensi viloyati Yuylin okrugi Michji uyezdida bo‘lib o‘tgandi. Erkak o‘zi o‘qigan maktabdan chiqib kelayotgan, yo‘lida uchragan bolani pichoqlab ketavergan. U tezda ushlangan. Tergovda jinoyatchi shu orqali maktab yillarida sinfdoshlarining kamsitishlari alamidan chiqmoqchi bo‘lganini aytgan.
Hujum natijasida o‘n nafar o‘quvchi o‘ldirilgan, 12 nafari jarohatlangan.
Manba: qalampir.uz