Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

10 avgust kuni 1571 nafar abituriyent testga kelmagan, 91 nafar abituriyent chetlashtirilgan

10 avgust kuni 1571 nafar abituriyent testga kelmagan, 91 nafar abituriyent chetlashtirilgan

Test sinovlari shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 54ta binoda 18ta oliy ta’lim muassasalarining 84ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, test sinovlarida 48 614 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 571 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 91 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 228 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 171,4 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 145,6 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 104,5 ball;
to‘lov-kontrakt – 84,0 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018 yil 11 avgust kuni soat 17.30da e’lon qilinadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 17:43 11.08.2018. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!