“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, “Evro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekistonga import qilishda utilizasiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida tushumlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi (yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi):
Yo‘lkira haqi mazkur bandda nazarda tutilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda (tasdiqlanmaganda), yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.