Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

1 sentyabrdan avtobuslarda chiptasiz yo‘lovchilarga nazorat kuchaytiriladi

1 sentyabrdan avtobuslarda chiptasiz yo‘lovchilarga nazorat kuchaytiriladi


1 sentyabrdan brutto-shartnoma asosida ishlayotgan shahar avtobuslarida yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, Transport nazorati inspeksiyasi va shahar yo‘lovchi tashishni monitoring qilish davlat muassasasi xodimlari avtobus salonida ham tekshiruv o‘tkazadi.

Amalda chiptasiz yurganlik uchun 41 200 so‘m jarima belgilangan. Shu bilan birga, jarimani oshirish bo‘yicha taklif ham kiritilgan.

Unga ko‘ra:
➖ birinchi marta yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchi — 220 ming so‘m;
➖ takroran qoidabuzarlik sodir etsa — 440 ming so‘mgacha jarima to‘lashi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning o‘tgan 7 oyida 82 mingdan ortiq chiptasiz yo‘lovchi aniqlangan. Ulardan 2 milliard so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Qisqasi, 1 sentyabrdan avtobusga chiqdingizmi — yo‘l haqini darhol to‘lash kerak.

Kiritildi: Bugun 20:25. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!