Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

1 mlrd. so‘mdan ziyod texnik vositalarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

1 mlrd. so‘mdan ziyod texnik vositalarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 381 mln. so‘mlik 22 xil turdagi texnik vositalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 20:27 04.10.2022. O'qildi: 2509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!