Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

1 million dollar: Putinning boshi uchun mukofot va’da qilindi

A A A
1 million dollar: Putinning boshi uchun mukofot va’da qilindi

Rossiyalik tadbirkor, SEO Transparent Business kompaniyasi bosh direktori, hozir AQShda yashovchi Aleksandr Konanixin Putinning boshiga mukofot berilishini ma’lum qildi. U tajovuzkor mamlakat prezidentini qo‘lga oladigan zobitga 1 million dollar to‘lashga va’da beradi. Konanixin tomonidan chop etilgan fotosuratga ko‘ra, u Putinning o‘ldirilishi uchun pul to‘lashga tayyor.

"Men o‘z konstitusiyaviy burchini bajarib, Rossiya va xalqaro huquqqa ko‘ra Putinni harbiy jinoyatchi sifatida hibsga oladigan zobitlarga (ofiser) 1 million AQSh dollari to‘lashga va’da beraman. Putin Rossiya prezidenti emas. Rossiyadagi ko‘p qavatli uylarni portlatish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazilib, so‘ngra erkin saylovlarni bekor qilib, raqiblarini o‘ldirib, konstitusiyani buzdi. Men etnik rus va Rossiya fuqarosi sifatida Rossiyani denaziyalashtirishga yordam berishni o‘zimning ma’naviy burchim deb bilaman. Ukrainaga Putin qo‘shinining oldinga siljishiga qarshilik ko‘rsatishda qahramonona harakatlarida yordam berishda davom eting", deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, Facebook keyinchalik surat tufayli Konanixinning xabarini bloklagan, biroq tadbirkor matnni davom ettirgan. Konanixin, shuningdek, o‘z xabarlari asosida OAV materiallarini tarqatdi.

Kiritildi: 10:34 03.03.2022. O'qildi: 14507 marta. Fikrlar soni: 60 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik