Yangi tartibga ko‘ra, davlat xizmatiga ishga qabul qilishdagi suhbat savollari kamida bir oy oldin rasmiy saytlarda e’lon qilinadi. Oldindan e’lon qilinmagan savollarni berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek:
➖ ayrim lavozimlar uchun ish staji talabi bekor qilinadi;
➖ ichki tanlov o‘tkazilmaydigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi;
➖ ish staji talab qilinadigan lavozimlarda ham nomzoddan ko‘pi bilan 2 yillik staj so‘ralish mumkin bo‘ladi.
Bu o‘zgarishlar yoshlarning davlat xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi.