Agar 1 daqiqada uyquga ketishni istasangiz, quyidag imaslahatga amal qiling, bunda sizga uyqu dori ham, bir stakan sut ham kerak bo‘lmaydi, deydi «Sunday-time.ru» nashri.
To‘shakda u yoqdan bu yoqqa to‘lg‘anish, tez-tez soatga ko‘z tashlash, sizdan boshqa hammaning shirin tushlar ko‘rayotgani haqidagi o‘ylar sizga ham begona bo‘lmasa kerak. Garvard universiteti bitiruvchisi, integral medisina mutaxassisi Endryu Vaylya «Barcha uyqu keltiruvchi dorilarni bir chetga uloqtiring va bu haqda qayg‘urishni bas qiling», deydi. U o‘ylab topgan usulning nomi «4-7-8 Breathing Technique» bo‘lib, u qondagi kislorod va dioksid uglerodni me’yorda ushlab turib, «tabiiy trankvilizator» o‘rnini bosadi. Shunday qilib, burningiz orqali nafas oling, nafas olish jarayonida to‘rtgacha sanang va to‘xtang, keyin sanashda davom etib, sanoq yettiga yetguncha nafas olmay turing, sakkiz deb og‘zingiz orqali nafas chiqaring. Nafas olmay turgan yetti soniya davomida o‘pkangiz kislorodga to‘ladi va tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi, natijada siz o‘zingizni xotirjam his qilasiz. Bu mashqni bir necha martoba takrorlashingiz mumkin. Balki bu usul kimgadir samarali ta’sir ko‘rsatmas, ammo uni takrorlash sizdan hech qanday kuch-quvvat sarflashni talab etmaydi, uyqu dori ichgandan ko‘ra tabiiy yo‘l bilan uxlash sog‘ligingiz uchun foydalidir.
Manba: kema.uz