Bugun 9 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

1 avgustdan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish boshlanadi

1 avgustdan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son) qaroriga muvofiq, 2024-2025-o‘quv yilidan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Jarayonlar davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikasiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo‘yiladi.

Arizalarni ko‘rib chiqishda quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
Xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.
Ta’kidlash lozim, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Kiritildi: 14:38 31.07.2024. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!