Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

1 apreldan metan-shoxobchalarda cheklangan narxning amal qilish davri tugaydi

1 apreldan metan-shoxobchalarda cheklangan narxning amal qilish davri tugaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Toshkentdagi ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1 apreldan metan gaz narxi oshishi haqida e’lonlar paydo bo‘lgan. E’londa 1 metr kub gaz narxi 3800 so‘m bo‘lishi ma’lum qilingan.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qarorida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi 6 oyda bir kub metr uchun 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi belgilangan edi. 1 apreldan boshlab ushbu muddat tugaydi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar tadbirkorlarning narxni oshirish yoki oshirmaslik haqidagi qaroriga aralasha olmaydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi narxlar davlat tomonidan tartibga solinmaydi va narxni tadbirkorlar mustaqil belgilaydi.

Kiritildi: 23:55 26.03.2024. O'qildi: 3967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!