Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘iz deputati Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyevni yarashib olishga chaqirdi

Qirg‘iz deputati Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyevni yarashib olishga chaqirdi

Deputat Umbetali Qidiraliyev aynan qanday kelishmovchilik haqida gap ketayotganini ochiqlamadi.

“Tun bo‘yi yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘yladim. Ishonchim komilki, ular ham mijja qoqmagan. Men ulardan kattaroqman, shu sababli ularni kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirishni o‘z zimmamga olaman...

Har qanday ishda kamchiliklar bo‘ladi. Men do‘stlarimni islohotlarni oxirigacha yetkazishga chaqiraman. Ularning har ikkisi ham vatanparvar va xalq yo‘lida hamma narsaga tayyor. Jo‘qorg‘i Kenesh ularni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashi kerak.”, dedi u

Deputat Sadir Japarov saylangan prezident, Qamchibek Tashiyev esa “Qirg‘iziston qahramoni” ekanini ta’kidladi. Ular hamkorlikda chegara masalalarini hal etgani, iqtisodiyotni rovojlantirgani, so‘nggi besh yil ichida "ulkan yutuqlarga" erishilganini bildirdi.

Kiritildi: 14:45 12.02.2026. O'qildi: 2613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!