Bugun 31 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Hindistondan Rossiya neftidan voz kechishni talab qildi

AQSh Hindistondan Rossiya neftidan voz kechishni talab qildi

Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro Bloomberg telekanalida bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Ukrainadagi tinchlik yo‘li, jumladan, Nyu-Dehli orqali ham o‘tadi. Hindistonning Rossiya neftini xarid qilishi Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasini moliyalashtiradi. Agar Hindiston Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatsa, biz savdo bojlari miqdorini ertagayoq yarmiga tushirishga tayyormiz", — dedi Navarro.

Avvalroq Tramp ma’muriyati Hindistonga 25 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qilgan edi. Endilikda Qo‘shma Shtatlarga olib kirilayotgan hind mahsulotlariga tariflar 50 foizga yetdi.

Hindiston esa Qo‘shma Shtatlarning ayblovlarini "adolatsizlik" deb hisoblamoqda.

"Rossiya neftining eng yirik xaridori Hindiston emas, balki Xitoy, Rossiya suyultirilgan tabiiy gazining asosiy xaridori esa Yevropa Ittifoqi", — deya munosabat bildirdi Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham o‘z mamlakati fuqarolarini AQSh bilan savdo urushida hukumatni qo‘llab-quvvatlashga va Hindistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:15 28.08.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!