Iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari tufayli tizimga 135,6 milliard so‘mlik zarar yetkazildi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 234 ta holati aniqlangan.
Buning oqibatida:
50,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (103 mlrd so‘m),
12,4 mln metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinib,
davlat tizimiga jami 135 milliard 669 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
🔹 Bundan tashqari, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 471 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanib, ular bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy ishlar rasmiylashtirilgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.