Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy Amerika steyblkoynlariga to‘liq tayyor

Xitoy Amerika steyblkoynlariga to‘liq tayyor

Bloomberg xabariga ko‘ra, Xitoyning kuchli elektron tijorat salohiyati va Gonkongning moliyaviy imkoniyatlari raqamli dollarlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi tura oladi.

📊 Facebook asoschisi tomonidan 2019 yilda taklif etilgan Libra blokcheyn loyihasi (keyinchalik Diem deb qayta nomlangan) dollarizasiyaning yangi to‘lqinini keltirib chiqarish bilan tahdid solgan edi. Bu holatda dollar yoki uning asosidagi sintetik hisob-kitob birligi milliy valyutalarni siqib chiqarishi mumkin edi.

📉Xitoy Libra’ga raqobatlasha oladigan, biroq pul aylanmasi ustidan to‘liq davlat nazoratini saqlaydigan rasmiy davlat valyutasi — raqamli yuanni ishlab chiqish jarayonini jadallashtirdi. Ammo AQSh regulyatorlari Libra/Diem loyihasini to‘xtatgach, Xitoyning tezkor ravishda chora ko‘rishga bo‘lgan ehtiyoji barham topdi.

📊Amerikaning kriptovalyuta kompaniyalari bosimiga duch kelar ekan, Xitoy mutlaqo himoyasiz emas. Uning qo‘lida Gonkongdagi kriptovalyutaga nisbatan qulay fintex klasteridan maksimal darajada foydalana oladigan kuchli elektron tijorat platformalari mavjud. Bu kombinasiya dollarizasiya jarayonini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 09:45 03.07.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!