Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Moskva Bokuni “strategik ittifoqchilik” darajasiga qaytishga chaqirdi

Moskva Bokuni “strategik ittifoqchilik” darajasiga qaytishga chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Azerbayjonni ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik ittifoqchilik darajasiga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Bokuning qator “do‘stona bo‘lmagan harakatlari” munosabatlarni murakkablashtirgan. Jumladan, yuqori darajadagi davlatlararo tadbirlarni bekor qilish, “Sputnik Azerbayjon” agentligi xodimlariga nisbatan harakatlar, rossiyalik ijodkorlar ishtirokidagi madaniy tadbirlarni bekor qilish va ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar shular jumlasidir.

1 iyul kuni Rossiya TIV rahbar o‘rinbosari Mixail Galuzin Azerbayjon elchisiga rasmiy nota topshirdi. Shu kuni Azerbayjon ham Moskvaga notani taqdim etib, Yekaterinburgdagi hodisa – azerbayjonlik fuqarolarning qo‘lga olinishi, kaltaklanishi va vafoti yuzasidan norozilik bildirdi.

Mazkur diplomatik inqiroz 2001–2011 yillardagi jinoyatlar bilan bog‘liq gumonli shaxslarning qo‘lga olinishi va ikki nafari surishtiruv paytida halok bo‘lishi bilan boshlandi. Rossiya tergov qo‘mitasi bunga “yurak xuruji” deb baho bergan bo‘lsa, Boku ularning tanasida zo‘ravonlik izlarini qayd etgan.

Javob tariqasida Azerbayjonda “Sputnik Azerbayjon” xodimlari Igor Kartavix va Yevgeniy Belousov moliyaviy jinoyatlarda ayblanib qo‘lga olindi. Shuningdek, 1 iyul kuni RF fuqarolari bo‘lgan 8 kishi narkotik savdosi va kiberjinoyatlarda gumon qilingan holda hibsga olindi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z fuqarolarini himoya qilishini va bu diplomatik yo‘llar orqali amalga oshirilishini ta’kidladi. Ayni paytda Azerbayjon Rossiya bilan bog‘liq barcha hukumatlararo va madaniy tadbirlarni bekor qildi.

Kiritildi: 08:46 03.07.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!