Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Bugun, 2 iyul kuni soat 20:55 da "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan "IVECO" rusumli yuk mashinasida yong‘in bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan "Qamchiq" maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasining yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:57 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda "Qamchiq" dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda, desiladi xabarda.

Kiritildi: 21:55 02.07.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!