Namangan viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining ijro hujjatiga asosan da’vogar “Muhammadyor” MCHJ foydasiga javobgar Asaka tuman hokimligidan 719 012 842 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, bo‘lim tomonidan undiruvni tashkil etish uchun ijro varaqalari va davlat ijrochisining ijro ishi qo‘zg‘atish haqidagi qarorlari tuman hokimligiga taqdim etilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida tuman hokimligidan tadbirkor foydasiga 719 012 842 so‘m kompensasiya pullari undirib berildi.
Shu asnoda tadbirkorning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanib, ijro hujjati belgilangan tartibda ish yurituvdan tugatildi.