Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

To‘qayev Qozog‘istonda noqonuniy migrasiyaga qarshi qat’iy kurash boshladi

To‘qayev Qozog‘istonda noqonuniy migrasiyaga qarshi qat’iy kurash boshladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishni Milliy xavfsizlik kengashiga ustuvor vazifa sifatida topshirdi. Bu haqda Ostona shahrida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida ichki va xalqaro migrasiya yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilindi. Bosh vazir o‘rinbosari Ermek Kosherbayev hamda mamlakatning bir qator vazirliklari mutasaddilari migrasiya masalalari bo‘yicha hisobot berdi.

Prezident To‘qayev migrasiya siyosatida geosiyosiy omillar, demografik o‘zgarishlar va migrasiyaga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur o‘rganish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, noqonuniy migrasiyani cheklash va mamlakatda odamlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligini bildirdi.

Davlat organlariga migrasiya sohasidagi faoliyatni qayta ko‘rib chiqish, axborot tizimlari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yish va noqonuniy shaxslarning harakatini kuchaytirilgan nazorat qilish vazifalari yuklatildi.

Qozog‘iston rasmiylari mamlakatda noqonuniy migrasiya kuchayib borayotganini ta’kidlamoqda. Bundan avval Aqtobe viloyatining Martuk tumanida Rossiya chegarasida katta navbatlar paydo bo‘lgani xabar qilingan edi. Bu holat Rossiyaga vizasiz kirish qoidalaridagi yangi talablar, jumladan QR-kod orqali majburiy identifikasiya joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Kiritildi: 18:45 02.07.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!