Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Petropavlovsk-Kamchatskiy yaqinidagi Avacha ko‘rfazi suvlarida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Bu haqda 2 iyul kuni "Rossiya Fanlar akademiyasining yagona geofizika xizmati" Federal tadqiqot markazining Kamchatka bo‘limi "Telegram"dagi kanalida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, seysmik hodisa shahardan 51 km uzoqlikda qayd etilgan. Uning manbai 88,2 km chuqurlikda joylashgan.

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmati Petropavlovsk-Kamchatskiyda 3 ballgacha kuchli silkinishlar sezilgani haqida xabar berdi. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 12:20 02.07.2025. O'qildi: 9358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!