Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin Makron bilan deyarli uch yil ichida birinchi marta telefon orqali muloqot qildi

Putin Makron bilan deyarli uch yil ichida birinchi marta telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan deyarli uch yil ichida birinchi marta telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin va Makron Rossiya-Ukraina mojarosi, Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat va AQShning Eron ob’ektlariga zarbalari kontekstida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgan.

"Rahbarlar Eron yadro dasturi atrofidagi inqirozni hal etish, shuningdek, Yaqin Sharqdagi boshqa qarama-qarshiliklarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha pozisiyalarni muvofiqlashtirish maqsadida aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar, shuningdek, Rossiya Federasiyasi va Fransiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda alohida mas’uliyatini qayd etdilar.

"Pozisiyalarni muvofiqlashtirish maqsadida aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda. "Vladimir Putin va Emmanuel Makron o‘rtasidagi suhbat mazmunli bo‘ldi".

Kiritildi: 08:20 02.07.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!