AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Afrikada tug‘ilgan Ilon Maskning deportasiya qilinishi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, bu haqda o‘ylab ko‘rish zarurligini aytdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
"Bilmayman... Ko‘rishib chiqishimiz kerak" - deb javob berdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Mask 28 iyun kuni Oq uy tashabbusi bilan hukumat xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qonun loyihasini Senatda prosessual ovoz berishdan o‘tishidan oldin yana bir bor tanqid qilgan edi.