Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda rus maktablari yopilishi mumkin

Ozarbayjonda rus maktablari yopilishi mumkin

Bu haqda mahalliy Oxu.Az nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, farzandi rus tilida ta’lim oladigan ota-onalar bundan WhatsApp guruhlari orqali xabardor qilingan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur choradan maqsad "ozarbayjon tilini ta’limning asosiy tili sifatida mustahkamlash va barcha fuqarolarni yagona ta’lim muhitiga integrasiya qilish"dir.

Jarayon uch yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan yilning avgust oyida mamlakatda rus tilida ta’lim beruvchi 324 ta maktab faoliyat yuritayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi ta’lim muassasalarida 160 ming bola tahsil oladi, yana 800 ming o‘quvchi rus tilini ikkinchi til sifatida o‘rganadi.

Kiritildi: 23:58 01.07.2025. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!