Hindiston janubidagi Telangana shtatidagi Sigachi Industries kompaniyasiga tegishli farmasevtika zavodida portlash sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash quritish moslamasida harorat keskin oshishi tufayli sodir bo‘lgan.
Vayronalar ostida bir necha ishchi qolgan bo‘lishi ehtimoli bor. Favqulodda vaziyat vaqtida zavodda jami 150 kishi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida bino butunlay qulab tushgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va jabrlanganlarga moddiy tovon puli va’da qilgan.
Kompaniya uskunalar va konstruksiyalarga zarar yetkazilgani sababli fabrika ishini 90 kunga to‘xtatganini e’lon qildi.