Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Armanistonda Rossiya telekanallarini o‘chirish taklif qilinmoqda

Armanistonda Rossiya telekanallarini o‘chirish taklif qilinmoqda

Armaniston Milliy Assambleyasi (parlamenti) raisi Alen Simonyan mamlakatda Rossiya telekanallari translyasiyasini to‘xtatish masalasini jiddiy ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi.

U bu haqda “Tashir” kompaniyalar guruhi rahbari Samvel Karapetyan ishi va uning Armaniston-Rossiya munosabatlariga mumkin bo‘lgan ta’sirini sharhlash chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Bu manqurtlarning dasturlari Armanistonda allaqachon yopilgan, ularning mamlakatimizga kirishi ham taqiqlangan. Ammo agar ularning davlat telekanallari Armaniston ichki ishlariga aralashishga jur’at qilsa, balki biz ham ularni fuqarolarimiz xonadonlariga kirish huquqidan mahrum qilishimiz kerakdir", — dedi Simonyan.

U Rossiya telekanallari boshlovchilarini Armaniston-Rossiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni qasddan keskinlashtirishini ta’kidladi.

Kiritildi: 20:20 01.07.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!