Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Donald Tramp "Victory 45-47" nomli yangi atirini taqdim etdi

Donald Tramp "Victory 45-47" nomli yangi atirini taqdim etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp "Victory 45-47" nomli shaxsiy atirlar seriyasini ishlab chiqardi. Ushbu parfyum "hech qachon taslim bo‘lmaydigan haqiqiy vatandoshlar" uchun mo‘ljallangani aytilmoqda.

Tramp bu haqda o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tramp ushbu mahsulot haqida Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi:

«Trampning atirlari tayyor! Ular “G‘alaba 45-47” deb nomlanadi, chunki bu — g‘alaba, kuch va muvaffaqiyat haqida. Erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan».

Parfyumeriya saytida ta’kidlanishicha, ushbu atir “shishadagi jangovar shior”dir.

Atir shishasi pozalang (oltin rangda) yasalgan maxsus dizaynga ega bo‘lib, u Trampning shaxsiy imzosi bilan bezatilgan. Narxi — 249 dollar.

Kiritildi: 15:31 01.07.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!