Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston-Rossiya chegarasida yangi tartib tufayli ko‘p kilometrli tirbandliklar yuzaga keldi

Qozog‘iston-Rossiya chegarasida yangi tartib tufayli ko‘p kilometrli tirbandliklar yuzaga keldi

Qozog‘iston bilan Rossiya o‘rtasidagi chegara o‘tkazish punktlarida so‘nggi kunlarda uzoq navbatlar va tirbandliklar kuzatilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasman xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy sabab — Rossiya hududiga vizasiz kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun yangi elektron tartibning joriy etilganidir. Unga ko‘ra, 2025 yil 30 iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz tarzda kirishni rejalashtirayotgan fuqarolar ruID mobil ilovasi orqali oldindan elektron ariza yuborishi va EIIA (Yagona identifikasiya va autentifikasiya tizimi) orqali ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi.

Qozog‘iston tomonidan berilgan rasmiy bayonotda aytilishicha, vaziyat doimiy ravishda nazoratda turibdi va chegaradagi haydovchilar hamda yo‘lovchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda:

«Qutqaruvchilar va harbiylar tirbandlikda qolgan fuqarolarni issiq ovqat, ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda. Shuningdek, tibbiy va sanitariya yordami hamda axborot qo‘llab-quvvatlovi ko‘rsatilmoqda», — deyiladi Qozog‘iston FVV bayonotida.

Ayni vaqtda chegarada faqat Qozog‘iston fuqarolarining emas, balki Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat raqamli avtotransport vositalari ham to‘planib qolgan.

Mahalliy nashrlar yozishicha, tirbandliklar o‘tgan haftaning oxiridan beri deyarli barcha yirik chegara punktlarida kuzatilmoqda. Rossiya tomonida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan.

Kiritildi: 14:37 01.07.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!