Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh zarbalari natijasida Eronning yadroviy ambisiyalari yo‘q qilindi

A A A
AQSh zarbalari natijasida Eronning yadroviy ambisiyalari yo‘q qilindi

Pentagon rahbari Pit Hegsetning ta’kidlashicha, AQSh zarbalari harbiylar yoki tinch aholini nishonga olmagan, faqat Eronning yadroviy ob’ektlarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Pentagon rahbarining boshqa bayonotlari:

◾️ Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerak;

◾️ Prezident Donald Tramp aytganidek, biz urushni istamaymiz, faqat o‘z manfaatlarimizni himoya qilamiz;

◾️ Qo‘shma Shtatlar o‘z manfaatlari va hamkorlari xavf ostida qolganda tez va qat’iy harakat qiladi;

◾️ Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy ob’ektlariga hujumida ishtirok etgan barcha harbiylar aniq va namunali tarzda harakat qildi;

◾️ Bu harbiy operasiya haftalar davomida yuqori aniqlik va maxfiylik asosida tayyorlangan;

◾️ AQSh Eron bo‘ylab zarbalar uchun jami 75 ta yuqori aniqlikdagi snaryadlardan foydalandi;

◾️ Eronga zarbalardan maqsad Tehrondagi rejimni almashtirish emas;

◾️ Prezident Tramp Eronga yoki unga aloqador kuchlarga AQSh harbiylariga hujum qilish harakatini “yomon fikr” ekanligini bildirgan;

◾️ Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy inshootlariga zarbalaridan so‘ng "tinchlik sari harakat qilish vaqti keldi", Vashington bu borada Tehrondan ijobiy qadamlar kutmoqda;

◾️ Eronliklarga ochiq va yopiq kanallar orqali tegishli xabarlar yuborilmoqda, bu ularga muzokara stoliga qaytish uchun barcha imkoniyatlarni beradi. Ular Qo‘shma Shtatlarning pozisiyasini va tinchlikka erishish uchun qanday qadamlar tashlash kerakligini juda yaxshi bilishadi.

Kiritildi: 19:08 22.06.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!