Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Netanyaxu: "Tramp Eronning birinchi raqamli dushmani"

Netanyaxu: "Tramp Eronning birinchi raqamli dushmani"

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQSh prezidenti Donald Trampni birinchi raqamli dushman deb biladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ular uni o‘ldirmoqchi. Qarang, u birinchi raqamli dushman. U hal qiluvchi yetakchi. U hech qachon boshqalar tutgan yo‘ldan bormagan", - dedi Netanyaxu Eronning Trampdan qutulish istagi haqidagi savolga javob berar ekan.

Isroil bosh vazirining qayd etishicha, Tramp Eron bilan muzokaralar olib borishdan va Tehronga yadroviy qurol yaratish imkoniyatini berishdan bosh tortmoqda. Va bu ularning Amerika yetakchisidan qutulmoqchi bo‘lgan sabablaridan biriga aylandi.

Netanyaxu o‘zini ham Trampning “kenja sheriklari” qatoriga kiritdi va Eron uni ham o‘ldirishga uringanini ta’kidladi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Eron Donald Trampni ikki marta o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgandi.

Kiritildi: 02:30 16.06.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!