Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on yana Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Erdo‘g‘on yana Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Isroil-Eron mojarosini muhokama qildi.

Bu haqda Turkiya rahbari devoni matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni, birinchi navbatda Isroil-Eron qarama-qarshiligini muhokama qilgan.

"Erdo‘g‘on AQSh prezidentining Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga barham berish va mintaqada tinchlik o‘rnatish haqidagi so‘nggi bayonotlarini olqishladi va butun mintaqaga o‘t qo‘yishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini olish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi idora bayonotida.

Turkiya prezidenti Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishmovchilikni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishning yagona yo‘li ekanini, Anqara bu borada barcha sa’y-harakatlarni qilishga va yordam berishga tayyorligini bildirdi.

"Erdog‘an Isroilning Eronga hujumlari bilan boshlangan zo‘ravonlik spirali har ikki tomon uchun qaytarib bo‘lmaydigan iqtisodiy va fuqarolik zarar keltirdi va bu xavfli tendensiyaning oldini olish kerak", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Turkiya va AQSh rahbarlari ham telefon orqali muloqot qilgan edi.

Kiritildi: 01:00 16.06.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!