Tataristonning Qozon xalqaro aeroportida va Nijnekamskdagi Begishevo aeroportida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Aeroportlarda reyslar vaqtincha to‘xtatilgan. Samolyot ekipajlari, dispetcherlar va aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda — bu ustuvor vazifa”, dedi departament vakili Artem Korenyako.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ijevsk aeroportida ham cheklovlar joriy etilgan.
Qozon aeroporti onlayn doskasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 ta reys uchib ketishda va 5 ta reys qo‘nishda kechiktirilmoqda. “Rossiya” aviakompaniyasi samolyoti Begishevo aeroportidan uchib ketishga ulgurmadi, u soat 8:45 da uchishi kerak bo‘lgan.