Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, Tramp yana bir bor AQSh “hozirda bu mojaroda ishtirok etmayotgani”ni ta’kidladi.
Donald Tramp, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil–Eron ziddiyatini bartaraf etishda vositachilik qilishga tayyor ekanini va bunga ochiq ekanini ma’lum qildi.
"Putin bunga tayyor. U menga qo‘ng‘iroq qilganida ushbu masalani ham muhokama qildik", — dedi Tramp.