Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rafael Grossi Eronga bormoqchi

Rafael Grossi Eronga bormoqchi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Mariano Grossi vaziyatni baholash, xavfsizlik va yadroviy qurol tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq Eronga borishga tayyorligini bildirdi.

Grossi bu bayonotni kecha Isroil Eron yadro inshootlari va tinch aholi ob’ektlariga zarbalar berganidan so‘ng, AEXA boshqaruv kengashi yig‘ilishida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni agentlikni Natanzdagi yadroviy inshootga berilgan zarba haqida xabardor qilgan. Grossining ta’kidlashicha, u yadroviy inshootlar hech qanday sharoitda nishonga aylanmasligi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

Bosh direktor, shuningdek, yadroviy inshootlarga hujumlar xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalari va agentlikning o‘z ustaviga zid ekanini aytdi.

«Men tegishli organlarga vaziyatni baholash, xavfsizlik va qurol tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq Eronga borishga tayyor ekanligimni ma’lum qildim», dedi Grossi va har ikki tomonni mojaroning yana-da kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 22:42 15.06.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!