Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Musa Abu Marzuk boshchiligidagi delegasiya dushanba kuni Moskvaga tashrif buyuradi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga delegasiyadagi manba ma’lum qildi.
“Dushanba kuni”, — dedi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar Rossiya TIVda rejalashtirilgan.
Marzuk Moskvaga oxirgi marta fevral oyi boshida kelgan edi. Joriy tashrif Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi fonida amalga oshiriladi.