Eron huquq-tartibot idoralari Isroilning Mossad razvedka agentligining ikki gumonlanuvchi agentini qo‘lga oldi.
Eron matbuotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar bombalar, portlovchi moddalar va elektron jihozlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Hibsga olish Tehron yaqinidagi Alborz viloyatida joylashgan Karaj shahrida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mossad Isroil razvedka xizmati bo‘lib, maxfiy ma’lumotlarni olishdan tashqari, yahudiy davlatining dushmanlarini jismonan yo‘q qilish bilan shug‘ullanadi.