Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil hujumlari oqibatida kamida 14 nafar atomchi olim halok bo‘ldi

Isroil hujumlari oqibatida kamida 14 nafar atomchi olim halok bo‘ldi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kamida 14 nafar eronlik yadrochi olim Isroil zarbalari tufayli halok bo‘ldi. Bu o‘limlarning bir qismi bugun minalashtirilgan avtomobillar portlatilganda sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi ikki manbaga tayanib.

Avvalroq Eron nashrlari 12 nafar olim halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Sal avval Tehron ko‘chalarida bir vaqtning o‘zida beshta avtomobil portlagani, shuningdek, Tehronda yuqori martabali amaldor yo‘q qilingani haqida xabarlar bor.

Kiritildi: 20:50 15.06.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!