Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskva Kiyevga yana 1200 ta halok bo‘lgan ukrainalikning jasadini topshirdi

Moskva Kiyevga yana 1200 ta halok bo‘lgan ukrainalikning jasadini topshirdi

Ukrainaning harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabining ma’lum qilishicha, Kiyev Moskva vakillaridan halok bo‘lgan 1200 nafar ukrainalik, shu jumladan harbiylarning jasadlarini qabul qilib olgan.

Rossiya 2 iyun kuni Istanbulda Ukraina bilan olib borilgan muzokaralar davomida halok bo‘lgan ukrainaliklarning olti mingga yaqin jasadini Ukraina tomoniga topshirishga va’da beegan edi. 11 iyundan boshlab Moskva to‘rt bosqichda Kiyevga 4812 ta jasadni topshirdi. Ukraina tomoni esa halok bo‘lgan rossiyaliklarning 27 ta jasadini Rossiyaga qaytardi.

Kiritildi: 20:35 15.06.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!