Isroil mudofaa kuchlarining xabar berishicha, mamlakat harbiy-havo kuchlarining o‘nlab qiruvchi samolyotlari Eronga qarshi operasiyaning uchinchi kunida Tehronda joylashgan kamida 80 ta nishonni yo‘q qilgan.
"Nishonlar orasida Eron mudofaa vazirligining bosh shtabi, harbiy ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Eron rejimi yadroviy arxivni yashirgan qo‘shimcha ob’ektlar” ham bor", deyiladi bayonotda.
Reuters agentligining Isroil armiyasi yuqori lavozimli vakiliga tayanib xabar berishicha, yna ikkita “ikki maqsadli” ob’ekt, harbiy va yadroviy maqsadlarda foydalanilgan binolar ham nishonga olingan.
SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, uch kundan kam vaqt ichida Eronga tegishli 170 dan ortiq nishonlar va 720 ta harbiy infratuzilma ob’ektlari yo‘q qilingan.