Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

SHHT davlatlari Isroilning Eronga bergan harbiy zarbalarini qoraladi

SHHT davlatlari Isroilning Eronga bergan harbiy zarbalarini qoraladi

Tashkilot tarqatgan bayonotda ta’kidlanishicha, fuqarolik ob’ektlari, jumladan, yadro-energetika infratuzilmasiga qarshi bunday tajovuzkor harakatlar xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va Eron suverenitetiga tajovuzdir.

Qayd etilishicha, ular mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka putur yetkazadi hamda global tinchlik va barqarorlik uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Erondan tashqari Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo.

Kiritildi: 15:43 15.06.2025. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!