Xitoyning Xunan provinsiyasidagi yangi geologik topilma dunyodagi eng yirik oltin zaxiralaridan biri deb baholanmoqda. Yangilik butun qazib olish sanoatida inqilob yasashi mumkin.
Xitoyning markazida joylashgan Xunan provinsiyasida ulkan oltin koni aniqlandi. Jasondeegan nashri yozishicha, Vangu nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu konning zaxiralari taxminan 78 mlrd dollarga baholanmoqda. Geologlar uning dunyodagi eng katta konlar qatoriga kirishini ta’kidlamoqda.
Boshlang‘ich burg‘ilash ishlari davomida kon ichidagi ikki ming metr chuqurlikdagi zaxiralar 300 tonna deb baholandi. Ammo kengroq tadqiqotlarga ko‘ra, uch ming metrgacha bo‘lgan hududda oltin zaxiralari 1000 tonnaga yetishi mumkin. Bu jarayonda rudalardagi oltin miqdori juda yuqori — har bir tonna rudani 138 gramm oltin tashkil etadi.
Geolog Chen Julinning ta’kidlashicha, ayrim tosh namunalarida oltin ko‘z ilg‘aydigan darajada bo‘lgan — bu zamonaviy geologiyada kam uchraydigan holat. Geologik jamoa yangi 3D modellash texnologiyasidan foydalanib, kondagi zaxiralarni aniq xaritalashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Xunan Geologiya byurosi direktori o‘rinbosari Lyu Yunszyung ushbu usul orqali nafaqat asosiy, balki periferiyadagi istiqbolli zaxiralarni ham aniqlash mumkinligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu yangilik global oltin qazib olish sanoatida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Chunki endi avval iqtisodiy jihatdan samarasiz deb baholangan konlarning ham ishlab chiqarilishi mantiqiy bo‘ladi.