Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada tug‘ilishlar soni ilk bor 700 mingdan pastga tushdi

Yaponiyada tug‘ilishlar soni ilk bor 700 mingdan pastga tushdi

2024 yilda mamlakatda 686 ming chaqaloq dunyoga keldi. Bu ko‘rsatkich rasmiy statistika yuritila boshlaganidan beri eng past natija hisoblanadi.

Yaponiya demografik inqiroz yo‘lida oldinga yana bir qadam tashladi. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilishlar soni 686 mingni tashkil etib, birinchi marta 700 minglik chegaradan pastga tushdi. Bu holat hukumatning avvalgi prognozlaridan ham dahshatliroq bo‘lib chiqdi.

Ikki yil avval Yaponiyaning Aholi va ijtimoiy xavfsizlik milliy instituti 2039 yilga qadar tug‘ilishlar soni 680 mingdan kamaymasligini bashorat qilgan edi. Biroq hozirgi holat bu prognozlarning ortiqcha optimistik bo‘lganini ko‘rsatmoqda — prognozda kutilgan ko‘rsatkich atigi ikki yil ichida amalga oshdi.

Tug‘ish foizi ham pasayishda davom etmoqda. 2024 yilda mamlakatdagi umumiy fertillik darajasi 1,15 ni tashkil etdi. Solishtirish uchun, 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,2 bo‘lgan. Yaponiyada fertillik 1973 yildan buyon aholining tabiiy tiklanish darajasidan past bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, oxirgi ikki yil mobaynida turmush qurishlar soni ham 500 mingdan kam darajada shakllanmoqda. Bu esa demografik tanglikning yanada chuqurlashishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 15:03 15.06.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!