Isroilning Hayfa shahridagi neftni qayta ishlash zavodi Eron ballistik raketalari tomonidan hujumga uchradi.
Bu haqda IRNA agentligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Hayfa neftni qayta ishlash zavodi Eron raketalari tomonidan muvaffaqiyatli hujumga uchradi", — deyiladi nashr.
Eron hujumi vaqtida Hayfada kuchli portlashlar sodir bo‘lgani haqida biroz avval xabar berilgan edi. Shaharda Eron raketalarining qulashi qayd etilgan.