Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati 14 iyun kuni Eron Aerokosmik kuchlari razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general Xosrov Hassaniy halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Xabar korpusning rasmiy "Telegram" kanalida e’lon qilindi.
"General Xosrov Hasoniy hafta oxirida sionistik rejim tomonidan uyushtirilgan terrorchilik hujumi chog‘ida shahid bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Eron Aerokosmik kuchlari razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hassani Eron Qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Amir-Ali Hojizoda bilan birga o‘ldirilgan.