AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Tehron hamon yadro dasturi bo‘yicha Vashington bilan kelishuvga erishishdan manfaatdor.
Bu haqda The Atlantic jurnali xabar berdi.
Nashr bilan suhbatda Tramp Eron haligacha "kelishuvga erishmoqchi" ekanini aytdi. Shu bilan birga, u Eron yadro quroliga ega bo‘lsa, tinch yo‘l bilan kelishuvni mumkin deb hisoblamasligini aytdi.
"Eron yadro quroliga ega bo‘lsa, tinchlik bo‘lmaydi", deb hisoblaydi Oq uy rahbari.