Nashrning yozishicha, Isroil Eronning tog‘lar orasidagi Fordo yadroviy ob’ektini yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan bunkerga qarshi bombalarga ega emas. Bunday bombalar Qo‘shma Shtatlarda mavjud.
"Agar zarurat tug‘ilsa, AQSh mazkur harbiy operasiyaga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda prezident Donald Tramp Binyamin Netanyahu bilan Isroilning Eronga hujumi boshlanishidan oldin o‘tkazilgan suhbatida aytgan", — dedi Axios'ning isroillik manbasi.
Biroq Oq uy vakili buni rad etdi. Uning ma’lum qilishicha, Tramp aslida buning teskarisini aytgan. Amerikalik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh bu operasiyada bevosita ishtirok etmoqchi emas.